10 Aprel 2023 Yil 1844

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Konstitutsiyaning yagona manbayi va muallifi – xalqdir” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Shuhrat Fayziyev maʼruza qildi.

9 aprel kuni yurtimizda buyuk sarkarda va siyosatchi Amir Temur tavalludining 687 yilligi keng nishonlandi. Shu sababli yig‘ilish ishtirokchilariga Toshkent shahar IIBBning iqtidorli xodimlaridan iborat “Nihol” jamoasi tomonidan sohibqironning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech