9 Oktyabr 2023 Yil 2162

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbekiston – ijtimoiy va dunyoviy davlat” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nodirjon Qurbonov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mamlakatimizda inson, uning erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab o‘tdi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech