Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Taʼlimga yo‘naltirilgan sarmoya – eng samarali investitsiya” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sardor Raximboyev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyaligini, shuningdek mazkur sohaga qancha ko‘p investitsiyalar jalb qilinib, eʼtibor kuchaytirilaversa, bu, albatta, o‘z natijasini berishini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etilib, ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.