19 Iyun 2025 Yil 437

Maktabdagi oromgohlar rahbarlar eʼtiborida

Yurtimizda yoz. Bolalar taʼtilda. Taʼtil davrida bolalarning bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish bo‘yicha poytaxt IIBB hamda mutasaddi idoralar hamkorligida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida poytaxtimizning barcha tumanlarida joylashgan umumtaʼlim maktablarida oromgohlar tashkil etilishi va unda bolalarning foydali mashg‘ulotlarga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan.

Kuni kecha poytaxtimizning Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘i tumandagi 125-sonli maktabda bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida tashrif buyurib, o‘quvchilarning madaniy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan xonalari, ularning ko‘rgazmali qurollar va yetarli anjomlar bilan jihozlanishi, sport maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Oromgohda navbatdagi mavsumda 110 nafar o‘quvchi o‘g‘il-qizlar hordiq chiqarmoqda. Maskanda bolalar uchun shaxmat-shashka, voleybol, futbol, rassomchilik kabi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, haftada bir marotaba suv havzasiga olib borilishi tashkillashtirilgan. Tuman IIO FMB katta inspektor-psixologi, leytenant B.Imomaliyev maktab maʼmuriyati bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, reja asosida “O‘smir” huquqiy profilaktik tadbirini olib borish bilan bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Tuman IIO FMB rahbari bolalarga yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishib, uning bolalar uchun yana-da qiziqarli va samarali bo‘lishi uchun o‘z tavsiyalarini berdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech