6 Mart 2025 Yil 451

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha ishlar o‘rganilmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va prokuratura masʼullari tomonidan Bektemir tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.

Dastlab tumanda joylashgan IIVning Malaka oshirish institutiga borilib, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ularning malakasini oshirish va qayta o‘qitish masalalari bilan yaqindan tanishildi. So‘ngra “Rohat” mahallasidagi aholi gavjum joylar va ko‘p qavatli uylarga kameralar o‘rnatilishi, savdo muassasalarining Milliy gvardiya qo‘riqloviga olinishi ahvoli bevosita ko‘zdan kechirildi. Ko‘p qavatli uylarning eshiklariga zamonaviy "domofon"lar, uylarning kirish yo‘laklariga "tashvish tugma"lari o‘rnatilishi bo‘yicha vazifalar ijrosi tekshirildi.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda tuman mahallalariga biriktirilgan masʼullar tomonidan Prezidentning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha axborotlari tinglandi.

Bu kabi tadbirlar shaharning boshqa tumanlarida ham amalga oshirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: