12 Avgust 2025 Yil 398

Mahallalarda ijobiy burilishlar jarayoni

Jamiyat shakllanishida mahallaning o‘rni beqiyos. Mahalla tinch-yurt tinch, deb bejizga aytilmagan. Qaysi mahallada ziyoli, maʼrifatli, madaniyatli kishilar ko‘p bo‘lsa, shu mahallalarda tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat kabi odamiylik xislatlari boshqalarga o‘rnak bo‘lar darajada. Bu albatta, mahallalarning kriminogen holatiga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatishi turgan gap. Ichki ishlar organlari tomonidan mahallalarning kriminogen holati o‘rganilib, ular toifalarga ajratilganidan ham buni anglash mumkin.“Sariq” toifaga kiritilgan Shayxontohur tumanida joylashgan “Kattahovuz” mahallasidagi kriminogen vaziyatni yaxshilab, uni ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida tuman IIO FMB boshlig‘i Otabek Jamolov tomonidan ushbu hududdagi ahvol o‘rganildi. Mahalla raisi, faollari, “yettiligi” hamda masʼullar bilan o‘tkazilgan suhbatlar chog‘ida vaziyatga baho berilib, kelgusida holatni yaxshilash, jinoyatchilikni oldini olish va barvaqt bartaraf etish choralariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mahalla kirish yo‘llariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilandi. O.Jamolov o‘ziga biriktirilgan ehtiyojmand oilaga tashrifi chog‘ida xonadonning shart-sharoitini o‘rganib, mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddi xodimlari, jumladan hokimlik vakillariga ushbu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash va kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Tumanda joylashgan “Sarxumdon” mahallasi esa “qizil” toifada. Tuman IIO FMB boshlig‘i ushbu mahallada ham bo‘lib, Yurtboshimizning joriy yil boshida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt aniqlab oldini olish borasida qabul qilgan qarorining ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Yig‘ilganlar: mahalla “yettiligi”, faollari, ahli, masʼullar eʼtiborini mazkur mahallada joriy yilning 7 oyi mobaynida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarga qaratib, ular keng muhokamaga qo‘yildi. Shu bilan birga kelgusida bu kabi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirish yuzasidan yig‘ilganlarning taklif va mulohazalarini o‘rganib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, mahalla ko‘chalariga kirish yo‘laklariga zamon talablariga javob beruvchi videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga urg‘u berdi. Mahallalarni fuqarolar uchun xavfsiz va obod go‘shaga aylantirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar hademay o‘z samarasi va natijalarini ko‘rsatishi aniq.

Barcha yangiliklar

Text to speech