11 Mart 2025 Yil 357

Mahallalar tinchligini ko‘zlab

Poytaxt tumanlari ichki ishlar organlari tizimlarida Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha qabul qilgan qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda. Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘iga biriktirilgan “Barkamol” mahalla hududida qaror talablaridan kelib chiqqan holda Boshqaruv servis kompaniyasi mutasaddilari ishtirokida qo‘shimcha ravishda videokuzatuv kameralari o‘rnatish masalalari o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan nizoli, ichkilikka ruju qo‘ygan, notinch hisoblangan 6 ta oila xonadonlariga “Qo‘riqlash” xizmati tomonidan “tashvish tugmalari” o‘rnatildi. Shuningdek, qaror ijrosi davomida tuman ishchi guruhi tomonidan hududda joylashgan “Aviasozlar” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ko‘p qavatli uylar o‘rganildi. “Aviasozlar-3” dahasida joylashgan 16- uyning kirish yo‘laklariga “tashvish tugmalari”, yon-atrofiga kuzatuv kameralari va kirish eshiklariga “domofon” o‘rnatildi. Bu kabi ishlar tumanning boshqa mahallalarida ham davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: