22 Yanvar 2026 Yil 20880

E'LON

Fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish maqsadida, joriy yilning 23-yanvar (juma) kuni Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Tergov departamenti boshligʻi polkovnik Ramazon Ashropovning shaxsiy qabuli oʻtkaziladi.

Qabulda tergov ishlari, ekspert-kriminalistika faoliyati, huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlari, shuningdek, migratsiya va personallashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar koʻrib chiqiladi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida shaxsiy qabul quyidagi shaklda tashkil etiladi:

Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun soat 09.00 dan 16.00 gacha IIV qoshidagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida.

(Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3 uy).

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar aholisi uchun, online shaklda, shu kuni soat 16.00 dan 22.00 ga qadar videokonferens aloqa orqali.

Joylardan ishtirok etish niyatidagi fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIBlarining binolarida joylashgan studiyalaridan qatnashishlari mumkin.

Barcha yangiliklar

Text to speech