Ichki ishlar vazirligi hamda uning hududiy organlari rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini samaradorligini oshirish maqsadida, muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.
Mazkur faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 30-iyul (chorshanba) kuni ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni oʻtash, qayta tiklanish hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning shaxsiy qabuli o'tkaziladi.
Qabul, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida, soat 10:00dan boshlab oʻtkaziladi (Manzil: Taras Shevchenko koʻchasi, 62).