3 Fevral 2024 Yil 1528

Litseyda uch avlod vakillari uchrashdi

Ichki ishlar vazirligiga qarashli 1-sonli Toshkent akademik litseyda sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Toshkent shahar IIBB malakali xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik Murodjon Karimov, bosh boshqarmaning MMI va KBT xizmati masʼul xodimlari hamda Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda katta hayot tajribasiga ega faxriylar bo‘lajak yurt posbonlariga zarur tavsiya va maslahatlar berishdi. Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat, ustozlarga hurmat, halollik va poklik tushunchalari haqida so‘z yuritishdi.

Bir so‘z bilan aytganda, tadbir davomida ustozlar tomonidan aytilgan har bir o‘git yoshlarga bir olam maʼnaviy ozuqa berdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech