Litsey o‘quvchilari “Zakovat” intellektual o‘yin va “Huquq bilimdonlari” viktorinasida bellashdilar
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘g‘il-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, isteʼdodlarini kashf etish, ularning qobiliyat va tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida “Zakovat”, “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinlari, “Huquq bilimdonlari” viktorinalari , "QVZ", "Yosh kitobxonlar oilasi", “Mushoira” tanlovlari o‘tkazib kelinadi.
Jumladan, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvida o‘zaro 6ta guruh kuch sinashdi. Ishtirokchilar tarixga oid savollarga javob berdilar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyruqlari va boshqa normativ hujjatlarni qay darajada bilishlarini namoyish etdilar. Intellektual o‘yin qizg‘in bahslar, yorqin his-tuyg‘ular bilan kechdi.
Barcha turlar yakuniga ko‘ra, 102-o‘quv guruhi jamoasi peshqadam bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 104 va 106-o‘quv guruhlari jamoalari egalladi.
Shu bilan birga bo‘lajak osoyishtalik posbonlari o‘rtasida “Huquq bilimdonlari” viktorinasi o‘tkazildi. O‘quvchilarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan viktorinada to‘rtta jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar shiddatli va dinamik o‘tdi.
Viktorina yakunlariga ko‘ra 1 va 2-o‘rinlarni “Yurisprudensiya” va “Yosh tergovchilar” jamoalari egallashdi, uchinchi o‘rin “Yosh yuristlar” jamoasiga nasib etdi