Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Ushbu sana yurtimizda qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda adolat va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Mazkur bayram doirasida Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida ham tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda xodimlarga Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, unda belgilangan demokratik tamoyillar hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida fikr almashdilar.
Tadbirning badiiy qismi sifatida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʼriqlash departamenti ansambli tomonidan bayramona konsert dasturi taqdim etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va ushbu sana ahamiyatini yanada boyitdi.