7 Iyul 2024 Yil 2194

Konditsioner o‘g‘irligida gumonlanuvchi shaxs jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yunusobod tumani IIO FMB xodimlarining tezkor harakatlari natijasida xonadondan o‘g‘rilik sodir etgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi.

Yunusobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 16 iyun kuni Yunusobod tumani 3-dahasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatining tashqi tomonida o‘rnatilgan konditsionerning agregatini o‘g‘irlab ketilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, nomaʼlum shaxs devorga o‘rnatilgan panjarani buzib 200 AQSH dollari qiymatidagi agregatni yechib o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 23 yoshli Muzaffar M. aniqlanib, qo‘lga olindi. Gumon qiluvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech