26 Iyul 2025 Yil 449

Yakkasaroyda tungi osoyishtalik – hamkorlikda taʼminlanadi

Mamlakatimiz bo‘ylab 15 iyuldan 15 avgustgacha davom etayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida joylarda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu keng ko‘lamli tashabbusning asosiy maqsadi – fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz va sog‘lom muhitni yaratishdir.

Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tumanida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev hamda IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov Nukus ko‘chasida tashkil etilgan “Hamkor” xizmatining tungi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida masʼullar xodimlarning navbatchilik jarayonini ko‘zdan kechirib, fuqarolar bilan muloqot qildilar. Xizmatning tashkil etilishi, uning samaradorligi hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Tuman hokimi Nilufar Allabergenova ushbu tashabbusning ahamiyatiga to‘xtalar ekan, jamoat xavfsizligini ta‘minlash borasida barchaning birdek mas‘ul ekanini taʼkidladi: Osoyishtalik – har birimizning burchimiz. Mahallalarimizda tinchlik hukm surishi uchun barcha idoralar, jamoatchilik va fuqarolar birgalikda harakat qilishi zarur, – dedi hokim.

Unutmang! Xavfsiz va osoyishta jamiyatni barpo etish – barchamizning umumiy vazifamizdir.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech