11 Aprel 2025 Yil 423

Yakkasaroy tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Aholi muammolarini joyida o‘rganish va hal etilishini taʼminlash maqsadida mahallalarda muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Yakkasaroy va Mirobod tumanlari aholisi uchun tashkillashtirilgan navbatdagi sayyor qabul Yakkasaroy tumanidagi Hamid Sulaymonov mahallasida bo‘lib o‘tdi. Poytaxt IIBB boshlig‘i va Toshkent shahar xalq qabulxonasi mudiri tomonidan o‘tkazilgan qabulda ushbu tumanlarning hokimlari, prokurorlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.

O‘tkaziladigan sayyor qabul davomida jami 45 nafar fuqarolardan muammolari o‘rganildi. Ulardan 18 tasi surishtiruv va tergov harakatlari yuzasidan; 4 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha; 7 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, xizmatni o‘tash va qayta tiklash yuzasidan; 4 tasi probatsiya hisobda turgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasida; 5 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish bo‘yicha; 7 tasi Davolanish uchun moddiy yordam bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 15 tasi bo‘yicha malakali tushuntirish berildi, ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab etadigan 22 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi va davlat organlari o‘rtasida ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni kechiktirmasdan hal etishda muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tadbirlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sayyor qabuldan so‘ng mutasaddi rahbarlar tomonidan faxriylar holidan xabar olindi, kam taʼminlangan va qarovsiz qolgan fuqarolarning uyiga borilib muammolari o‘rganildi hamda ijtimoiy ko‘mak berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech