11 Fevral 2026 Yil 138

Yakkasaroy tuman hokimligida axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ularning oldini olish va profilaktika choralariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimining o‘rinbosarlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tuman hokimligining rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyat turlari, xususan, internet orqali firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar va ijtimoiy tarmoqlardagi xavflar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida raqamli madaniyatni oshirish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish va ogohlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, kiberjinoyatlarning oldini olishda davlat organlari bilan bir qatorda har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyati va hushyorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat hamkorlik va tizimli profilaktika orqali ushbu turdagi huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish mumkin.

© Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech