27 Mart 2025 Yil 183

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgust kunidagi 432-son qaroriga asosan, Toshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya xizmati tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish yo’lga qo’yilgan. Jumladan:

pullik xizmatlar – kinologiya bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida haq evaziga itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik hamda himoya-qorovul ko‘nikmalariga tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat bo'lib, umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari – itlarni boshqarish, yo‘naltirish va biror holatni qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan bo‘ysunuvchanlik, shuningdek himoyalash va qorovullik ko‘nikmalarini o’rgatishdan iborat.

Kinologiya bo‘linmalarida pullik xizmat ko‘rsatish bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan quyidagi holatlarda murojaat etishlari mumkin:

- Buyurtmachi pullik xizmatlardan foydalanish uchun kinologiya bo‘limiga bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida elektron tarzda murojaat qiladi.

- Itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash uchun klinik sog‘lom bo‘lgan va sakkiz oydan oshgan itlar qabul qilinadi.

- Buyurtmachi tomonidan keltirilgan it itlar toifasiga kirmagan taqdirda, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Kinologiya bo‘limida itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik hamda himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlashga yaroqliligini aniqlash komissiyasi tomonidan test-sinovi va o‘rganish o‘tkazilishi hamda uning ijobiy xulosasi asosida umumiy bo‘ysunuvchanlik yoki himoya-qorovul ko‘nikmasi bo‘yicha tayyorlash uchun loyiq deb topilishi va istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin.

-  Buyurtmachining murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida kinologiya bo‘linmalari tomonidan itni dastlabki klinik ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelish sanasi ma’lum qilinadi.

- Buyurtmachi tomonidan emlash tadbirlari itni kinologiya bo‘linmalariga olib kelishdan kamida yigirma bir kun oldin yoki o‘n bir oydan oshmagan holda amalga oshirilgan bo‘lishi shart.

- Buyurtmachi tomonidan keltirilgan it kinologiya bo‘linmalarining veterinariya xizmati shifokorlari tomonidan dastlabki klinik ko‘rikdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha mazkur veterinariya xulosasi tuziladi.

- Veterinar shifokor xulosasiga ko‘ra: it sog‘lom deb topilsa, kinologiya bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi;

it nosog‘lom deb topilsa, u kinologiya bo‘linmalari tomonidan qabul qilinmaydi.

- Buyurtmachi tomonidan keltirilgan it sog‘lom deb topilganda, buyurtmachi va kinologiya bo‘linmalari o‘rtasida ikki nusxada pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya bo’limining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotib olishlari mumkin.

 

Kinologiya bo‘linmalari tomonidan umumiy bo‘ysunuvchanlik
hamda himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash
uchun qabul qilinadigan itlar
RO‘YXATI

I. Mayda zotli itlar

Rus ovchi spanieli

II. O‘rta zotli itlar

Nemis ovcharkasi

III. Yirik zotli itlar

O‘rta Osiyo ovcharkasi

Angliya kokker spanieli

II. O‘rta zotli itlar

Belgiya ovcharkasi

III. Yirik zotli itlar

Kavkaz ovcharkasi

Foksterer

II. O‘rta zotli itlar

Sharqiy Yevropa ovcharkasi

III. Yirik zotli itlar

Rotveyler

Yagdterier

II. O‘rta zotli itlar

Labrador

III. Yirik zotli itlar

Rizenshnauser

Taksa

II. O‘rta zotli itlar

Irland setteri

III. Yirik zotli itlar

Qora terier

 

II. O‘rta zotli itlar

Kursxaar

III. Yirik zotli itlar

 

 

II. O‘rta zotli itlar

Dratxaar

III. Yirik zotli itlar

 

 

II. O‘rta zotli itlar

Shotland setteri

III. Yirik zotli itlar

 

I. Mayda zotli itlar

II. O‘rta zotli itlar

III. Yirik zotli itlar

Rus ovchi spanieli

Nemis ovcharkasi

O‘rta Osiyo ovcharkasi

Angliya kokker spanieli

Belgiya ovcharkasi

Kavkaz ovcharkasi

Foksterer

Sharqiy Yevropa ovcharkasi

Rotveyler

Yagdterier

Labrador

Rizenshnauser

Taksa

Irland setteri

Qora terier

 

Kursxaar

 

 

Dratxaar

 

 

Shotland setteri

 

 

Murojaat uchun telefon raqamlar: (71) 290-04-79; (99) 789-66-57; (93) 950-21-24

                  

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: