31 Iyul 2025 Yil 352

Kinologiya xizmatining yangilangan binosi namoyish qilindi

Jurnalist va blogerlar Toshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya xizmatining yangilangan ma’muriy binosiga kelishdi. Bu yerda ularga 9 ta alohida maqsaddagi binolar va ularning vazifalari tanishtirildi.

Yangi bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavatda navbatchilik bo‘limi, muzey, ma’rifat zali, sport zal, o‘quv xonasi, bo‘linma boshliqlari va guruh komandirlari uchun xizmat xonalari joylashgan. Ikkinchi qavat esa majlislar zali, yotoqxona, omborxona va maxsus vositalar saqlanadigan xonadan tashkil topgan.

Mehmonlarga xizmat itlarining mashg‘ulot jarayonlari, imitatsiya xonalari, yo‘riqchi itlar bilan ishlash jarayoni hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari ko‘rsatildi. Shuningdek, jonivorlar uchun ajratilgan volyerlar haqida ma’lumot berildi.

Intervyu jarayonida aytilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kinologiya xizmati joriy yil boshidan quyidagi natijalarga erishgan:

- Fosh etilgan jami jinoyatlar soni — 200 ta.
- Giyohvandlik moddalar miqdori — 664.88 gramm.
- Profilaktik tekshiruvlar soni — 900 ta.

Markazda yaratilgan sharoitlar hamda jangovor xizmat itlari hamkasblarimizda yorqin taassurotlar hamda estalik fotolarini qoldirdi.

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech