25 Iyun 2025 Yil 417

Kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Yangihayot tuman IIO FMB masʼul xodimlar tomonidan tuman hokimligida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan "Internet ijtimoiy tarmog‘idagi firibgarliklar va tarqalayotgan zararli havolalar" mavzusida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning keng tarqalayotgan turlari haqida maʼlumot berildi. Bundan tashqari, bank kartalaridan foydalanish vaqtida shaxsiy maʼlumotlarni firibgarlar qo‘liga berib qo‘ymaslik va buning uchun zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


© Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Barcha yangiliklar

Text to speech