5 Iyul 2024 Yil 1705

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” davom etmoqda

Jahonda bo‘lgani kabi, yurtimizda ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan sari uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Kiberxavfsizlik bu – tasodifiy va atayin qilingan yoki uyushtirilgan axborot hujumlaridan himoyalanish demakdir. Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali beparvolik tufayli yoki qasddan amalga oshirilayotgan tahdidlarga qarshi turish, ularga nisbatan chora ko‘rish va kutilmagan taʼsirlardan himoyalanish borasida poytaxt IIBB tomonidan iyul oyi “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi”, deb eʼlon qilingan edi. Mazkur oylikda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholini qamragan holda kompleks tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari oyning ilk kunlaridanoq tadbirlarni boshlab yuborishdi. Xodimlar tumanda joylashgan “Hamkorbank” xodimlari va mijozlari bilan uchrashib, kiberhujumlardan bank-moliya sohasidagi firibgarliklarning oldini olish, bazaviy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash, mijozlarning esa o‘z shaxsiy maʼlumotlarini, plastik karta kodlarini sir saqlanishini taʼminlash haqida zaruriy yo‘l-yo‘riqlar olishdi.

Xuddi shunday tadbir tumanda joylashgan 41-oilaviy poliklinikasida, Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari hamda vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazidagi ishchilar o‘rtasida ham o‘tkazildi. Ishtirokchilar kiberxavfsizlik masalalariga doir savollariga aniq va batafsil javoblar oldilar. Tadbirlar tumandagi barcha korxona va tashkilotlar, mahallalarda ham davom ettiriladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech