13 Sentyabr 2025 Yil 365

Kibermakon bilim va ezgulik makoniga aylanishi lozim

Xabaringiz bor, poytaxtimiz hududida joriy yilning 2 sentyabridan 2 oktyabriga qadar “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Oylik tadbirlarida ijtimoiy tarmoqlarda tobora ildiz otib borayotgan kiberfiribgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni “o‘g‘irlash” orqali tovlamachilik va mablag‘larni o‘zlashtirish, giyohvandlik savdosiga jalb qilish va boshqa ko‘plab jinoyatlarning oldini olish maqsad qilib qo‘yilgan. Axborot texnologiyalari yordamida sodir bo‘layotgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish, ogohlantirish bo‘yicha Toshkent shahar IIBB hududiy tuzilmalari mas’ullari poytaxtimiz aholisi, ayniqsa yoshlar bilan mavzu bo‘yicha ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazib kelishmoqda.

Shunday uchrashuvlarning navbatdagisi poytaxtning Sergeli tumani IIO FMB mas’ullari tomonidan tumanda joylashgan Amaliy fanlar universiteti hamda Toshkent Ijtimoiy innovatsiya universiteti ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqqan tuman IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi rahbarlari, profilaktika inspektorlari kiberjinoyatlar, giyohvandlik vositalarining oila, shaxs hayotiga salbiy ta’siri, jamiyat tanazzuliga yetaklovchi mudhish oqibatlariga urg‘u berib, ularga qarshi kurash, himoya immunitetini hosil qilish bo‘yicha tavsiya va yo‘riqlar berdilar. Uchrashuv qatnashchilari tomonidan berilgan ko‘plab savollar mazkur mavzuning dolzarb va muhimligi, bu boradagi targ‘ibot va tashviqot ishlari ko‘lami va saviyasini yanada jonlantirish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech