23 Mart 2024 Yil 902

Kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida

Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan ichki ishlar organlari tuzilmalari xodimlari uchun muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlari, mahorat darslari o‘tkazib kelinadi.

Bu safar EKM tajribali xodimlari – katta ekspert podpolkovnik S. Lankin va ekspert T. Xudoyberdiyevlar Ichki ishlar Vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari uchun mahorat darsi o‘tishdi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarga “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida” gi Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi. Mutaxassislar asosiy tushunchalar va genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishning asosiy prinsiplari haqida gapirib berishdi.

Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Barcha yangiliklar

Text to speech