4 Iyun 2025 Yil 428

“Kasbga sadoqat, oilaga muhabbat, qat’iy intizom” shiori ostida 19-maydan 19 iyun kuniga qadar “OILA – XODIM – RAHBAR samimiy muloqot oyligi” e’lon qilingan.

Shu bois, Uchtepa tumani Madaniyat saroyida Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari va ularning ota-onalari bilan Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov va Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i polkovnik D.M.Mirsadikovlar uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda xodimlarga va ularning ota-onalariga “Nafsning so‘ngi manzili” nomli videorolik qo‘yib berildi.

O‘tkazilgan tadbirda xizmat vazifalarini hushyorlik bilan vijdonan va namunali bajarish orqali hamkasblariga o‘rnak ko‘rsatib, tuman hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi uchun Uchtepa tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari 10 nafar xodimlarining ota-onalari Uchtepa tumani hokimining Tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.

© Uchtepa tuman hokimligi

Barcha yangiliklar

Text to speech