14 Yanvar 2023 Yil 673

Kalit tanlash yo‘li bilan sodir etilgan o‘g‘rilik qisqa vaqt ichida fosh etildi

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 2 yanvar kuni soat taxminan 04:00 larda 39 yoshli Qobiljon Yu. 37 yoshli Dildora xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, unga tegishli bo‘lgan 1.400 AQSH dollari va 45.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumondor shaxs ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech