25 Yanvar 2024 Yil 567

Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha sarhisob

Uchtepa tumanida IIO FMB rahbariyati va mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar, soliq xodimlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Abdurashid Ochilov 2023 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha hisobot berdi.

Hisobot davomida mahalla raislari va faollari tomonidan berilgan savollarga javoblar olindi. Shuningdek,

Joriy yilni Muhtaram prezidentimiz tomonidan “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tumandagi yoshlar bandligini taʼminlash orqali jinoyatchilikni oldini olish hamda mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish uchun har bir mahalla yettiligi “Meni mahallam jinoyatdan holi hudud” shiori ostida ishlashi lozimligi, mahallanining “vijdoni” bu – mahalla fuqarolar yig‘inining barcha aʼzosi ekanligi tushuntirildi.

Hisobot yig‘ilishi yakunida 2024 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech