20 Yanvar 2024 Yil 2556

Jinoiy guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBga xabar bering

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

  • 1976 y.t. Yuldashev Xayrulla Xabibullayevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda ko‘p miqdorda tovlamachilik”)
  • 1987 y.t. Mirzaxmedov Ulug‘bek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda ko‘p miqdorda tovlamachilik”)

gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan quyidagi shaxs qidirilmoqda

  • 1981 y.t. Badalbayev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda ko‘p miqdorda tovlamachilik”)

Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qayerda ekanligi haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech