Toshkent shahrida uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘maklashish maqsadida 100 nafar o‘quvchilar "Jasorat maktabi"ga o‘quv mashg‘ulotiga jalb qilindi.
Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar IIBB, Harbiy prokuratura hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” da yoshlar 10 kun davomida harbiy vatanparvarlik, madaniy-maʼrifiy va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadi.
Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda "Jasorat maktabi"ning ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.