4 Noyabr 2023 Yil 812

Yangihayot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Respublikada “Yashil Makon” milliy loyihasini amalga oshirish qizg‘in davom etmoqda. Yangihayot tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini kompleks o‘rganish, obodonlashtirish va tozalash ishlarini tashkil etish bo‘yicha “Mahallabay” o‘rganish ishlari yuzasidan sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, shahar hokimi va prokurori, sektor rahbarlari hamda tegishli muassasa va tashkilotlarning mutasaddilari qatnashdi.


Yig‘ilishda tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganib, tartibga keltirish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. 


Shu bilan birga poytaxt sektor rahbarlari hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etishdi. Jumladan, tumanning “Yangi Darxon” mahallasida hamda 20 000 kv metr hududga  markaziy ko‘cha bo‘ylab 2000 ga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Bu kabi tadbirlar poytaxtning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech