27 Aprel 2023 Yil 2015

Avtomashinani olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxs “issiq izidan” qo‘lga olindi

Joriy yilning 18 aprel kuni Uchtepa tumani IIO FMBga 42 yoshli Toxir M. murojaat qilib, ko‘chada eshiklari ochiq va kaliti o‘t oldirgichda qarovsiz qoldirilgan “Matiz” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilgan. Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, avtomashina shu kuni topilib, gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. U 20 yoshli Umidjon r. bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Ochiq holda qarovsiz qoldirilgan avtomobil g‘arazgo‘ylar uchun jalb qiluvchi omil hisoblanadi. Transport vositangizdan bir necha daqiqaga uzoqlashishni rejalashtirganingizda ham uni kalit bilan qulflab keting.

Barcha yangiliklar

Text to speech