Ishchi guruh tomonidan hududlardagi vaziyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili Shayxontoxur, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari bo‘ldi.
Ishchi guruh tomonidan poytaxt hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bevosita hududlarga chiqqan holda o‘rganib borilmoqda.
Hokimiyat, mutasaddi idora va tashkilotlar hamda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar IIBB sohaviy xizmatlari boshliqlari, tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa idoralar, shuningdek, mahalla yettiligi ishtirokda tahlil qilinib, majud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olinmoqda.
O‘rganish jarayonida Shayxontoxur tumanining O‘qchi, Taxtapul, Yunusobod tumanining Buyuk Turon hamda Mirzo Ulug‘bek tumanining Sharxrisabz va Beshkapa mahallalarining besh yil davomida “Qizil” toifadan chiqmasdan qolish sababalri tahlil qilinib, joriy yilning 9 oyida ushbu mahallalarni “Qizil” toifadan chiqarish bo‘yicha manzilli “yo‘l harita”lari tuzildi. Har bir mutasaddiga tegishli topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. O‘z vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan masʼullarga qatʼiy choralar ko‘rilishi haqida ishchi guruh rahbari tomonidan ogohlantirildi.
Bu kabi o‘rganishlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.