11 Oktyabr 2024 Yil 1051

Ish bilan taʼminlash masalalari har doim diqqat markazida

Toshkent shahar IIBB Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.


Yashnobod tumani IIO FMB Probatsiya xizmati tashabbusi bilan Bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari bilan hamkorlikda Koreya madaniyati markazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.


Mehnat yarmarkasini Probatsiya nazorati ostida jazo o‘tab kelayotgan ishsiz bo‘lgan 12 nafar shaxs qatnashdi. 5 nafari mutaxassisligi bo‘yicha ishga yo‘llanma olgan bo‘lsa, muayyan kasbga ega bo‘lmagan 2 nafar shaxsga “Ishga marhamat” Monomarkazi qoshidagi kasbga o‘qitish kurslarida bepul o‘qish uchun yo‘llanma berildi. 


Mehnat yarmarkasida ishtirokchilarga ijtimoiy xizmatlar paketlaridan foydalanish, subsidiyalar olish, imtiyozli kreditlar olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy masalalarda huquqiy yordam ko‘rsatildi.


Bu kai tadbirlar boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech