2 Aprel 2024 Yil 1892

Insonlarning taqdiriga befarq bo‘lmaslik

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Aholi bilan muloqot” guruhiga insonlarning taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarodan murojaat kelib tushdi. Ayol o‘z murojaatida poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida shaxsiy buyumlari bilan qolib ketgan xorijlik fuqarolarga yordam berishni so‘ragan. Mazkur murojaat Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizm boshqarmasining masʼul xodimlariga topshirildi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan xodimlar, haqiqatda ham tushkunlikka tushib qolgan chet el fuqarolarini ko‘rishdi. Muloqot chog‘ida mazkur shaxslar Bangladesh Respublikasi fuqarolari ekanligi hamda ular aeroportga ketayotib adashib qolganliklari maʼlum bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizm boshqarmasi xodimlari ularni aeroportda kutib turgan hamyurti bilan bog‘lanishga hamda navbatdagi reysga aviachipta xarid qilishda yordam ko‘rsatdilar.

Shu o‘rinda, qiyin vaziyatga tushib qolgan chet el fuqarolarining taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Ko‘rilgan umumiy saʼy-harakatlar natijasida xorijlik fuqarolar o‘z yurtlariga sog‘-salomat uchib ketishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech