30 Mart 2026 Yil 110

Inson manfaatlari – bosh mezon

Kuni kecha poytaxt aholisining muammolarini o‘rganish hamda ularni tashvishlantirib kelayotgan masalalarga qonuniy yechim topish maqsadida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning Shayxontohur tumanida joylashgan “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulga to‘qsonga yaqin yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘z muammolari hamda og‘riqli savollariga javob topish maqsadida tashrif buyurishdi. Murojaatchilarning muammolarini tinglash, ko‘tarilgan masalalarni chuqur sabablarini o‘rganish davomida ularning 25 tasi joyida ijobiy hal etildi. 6 tasiga malakali huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi. O‘rganib qonuniy xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha tekshiruv talab etiladigan 28 ta murojaatlarning ijrosi bo‘yicha sohaviy xizmat rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi. Murojaatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra: surishtiruv va tergov harakatlari, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, tergovga qadar tekshiruvlarga oid, plastik karta pullarini noqonuniy o‘zlashtirish, shaxs hayoti va salomatligiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga oid, oila-turmush doirasida kelishmovchiliklar kabilarni tashkil etdi. Shuningdek, qabul chog‘ida murojaatlari ijobiy hal etilgan fuqarolar o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.
O‘z muammolariga yechim istab kelgan murojaatchilarning rahbariyat tomonidan e’tibor bilan tinglanib, ularda keltirilgan masalalarga yechim topish bo‘yicha tegishli qaror va ko‘rsatmalarning berilishi, aholining adolatga, qonuniy haq-huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech