17 Yanvar 2025 Yil 1169

Imkon berildi – xulosa o‘zlaridan

Inson bilib yoki bilmay to‘g‘ri yo‘ldan adashishi mumkin. Bundaylarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, xatolarini tuzatish uchun imkon berish odamiylikning eng go‘zal sifatlaridan biridir. Bu borada yurtimizda ko‘plab xayrli ishlar olib borilmoqda. Yurtimizda inson qadri hamisha har narsadan yuqori qo‘yib kelinadi. Toshkent shahar IIBB quyi tizimlari oldida ozodlikni cheklash hamda shartli ozod etilganlar hamda probatsiya hisobida turuvchi mahkumlarning ijtimoiy himoyasini, bandligini taʼminlash, kelgusida jinoyat sodir etishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish vazifalari turadi. Kuni kecha Bektemir tumani “Oltintopgan” mahallasida probatsiya hisobida turuvchi mahkumlarning namunali xulqi, qilmishidan pushaymonligi, oilaviy shart-sharoitlarini inobatga olib, tayinlangan jazoni yengiliga o‘tkazishga qaratilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 nafar mahkumlar tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilib, 1 nafariga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi. O‘z hayot yo‘llarini topib olish, oilasi bag‘rida halol mehnat bilan shug‘ullanib, farzandlarini tarbiyalash imkoni berilgan bu shaxslarning kelgusida jinoyatga qo‘l urmasligi, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi borasida profilaktik suhbatlar olib borildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech