4 Noyabr 2023 Yil 836

Ijtimoiy loyihaning ahamiyati katta

Poytaxtimizdagi «Intercontinental» mehmonxonasida Toshkent shahar IIBB YHXB hamda GROSS sug‘urta kompaniyasi hamkorligida «Xavfsiz harakat» ijtimoiy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda YHXB hamda  GROSS sug‘urta kompaniyasi rahbariyati, mas’ul xodimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda sug‘urta kompaniyasi vakillari tomonidan «Xavfsiz harakat» ijtimoiy loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. 

Ijtimoiy loyihani amalga oshi­rishdan asosiy maqsad haydovchilarning yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yuksal­tirish, ularning yo‘l harakati qoidalariga  rioya qilishlarini targ‘ib etish, yo‘llarda baxtsiz hodisalarni kamaytirishdan iborat.

 Loyiha doirasida respublika miqyosida LED ekranlardan foyda­langan holda, yo‘l harakati ishtirokchilariga asosiy xavfsizlik qoidalarini eslatib turuvchi keng qamrovli axborot kampaniyasi boshlangan edi. Shuningdek, «Uzum market» kompaniyasi bilan hamkorlikda piyodalar uchun sumka (shopper) o‘ylab topildi va ishlab chiqarildi. Shopperda piyodalar o‘tish belgisi va o‘zida yorug‘likni aks ettiruvchi jihatlar mavjud bo‘lib, bu piyodalarning yo‘llarda, ayniqsa, tungi vaqtlarda yanada aniqroq ko‘rinib turishiga yordam beradi. 

Qoidalarga amal qiladigan haydovchilarni rag‘batlantirish loyiha­ning o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Ya’ni, yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan yoki baxtsiz hodisa sodir etmagan haydovchilar tashkilotchilardan minnatdorlik maktublarini oladi. Shu­ningdek alohida shartlar asosida ixtiyoriy avtomashina sug‘urta polisini ahamiyatli darajadagi chegirma bilan qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbir davomida IIBB YHXB boshlig‘i, polkovnik Rafiqjon Jalilov hamda GROSS sug‘urta kompaniyasi AJ boshqaruv raisi Otabek Nazarov tomonidan memorandum imzolandi.

Sarvar SOBIROV,

o‘z muxbirimiz.

Toshkent shahri.

Barcha yangiliklar

Text to speech