24 Oktyabr 2023 Yil 1259

IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV masʼullari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv yoshlar uchun esda qolarli bo‘ldi. Uchrashuvda maʼruzachilar o‘quvchilarga sog‘lom va jismonan baquvvat, ruhan barqaror, bilimli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlar bo‘lib yetishishi lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, o‘quvchilar tanlagan ichki ishlar organlari kasbining naqadar masʼuliyatli ekanligi, ushbu kasb egalari metin iroda, sog‘lom aql, kuchli bilim sohiblari bo‘lishlari kerakligini yana bir bor eslab o‘tildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ularga kerakli tavsiyalar berildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech