30 Avgust 2023 Yil 1583

Toshkent shahar IIBBda tanlovning saralash bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahar IIBB bo‘linmalari xodimlarining kasb mahorati, bilim saviyasi va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida “Eng yaxshi tezkor xodim” va “Eng yaxshi profilaktika inspektori”nominasiyasi bo‘yicha ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Bosh boshqarma tizimlarida xizmat olib borayotgan 27 nafar proflikatika inspektorlari, 13 nafar tezkor xodimlar ishtirok etishdi.

Dastlab, tanlovning 1- va 2-shartlari ya'ni, Jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilar sport to‘sinida tortilish, 100 metrga yugurish, 3000 (1000) metrga yugurish, qo‘l jangi usullarini bajarish hamda Makarov pistoleti (PM) va Kalashnikov avtomati (AK) jangovar qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Shundan so‘ng, 3- va 4-shartlarda ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlash maqsadida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy islohotlar, ichki ishlar organlari faoliyatiga oid qonun va qonunosti hujjatlari hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblar yuzasidan test savollari, ishtirokchilarning IQ (intelektual koeffisent) va intelektual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan psixologik testlar yechishdi.

Va nihoyat oxirgi shart, ya'ni yakka tartibdagi suhbatda ishtirokchilar xizmat faoliyatidagi yutuqlari, xizmat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflari bo‘yicha komissiya a'zolari huzurida taqdimot (slayd, videorolik, fotoalbom ko‘rinishida) o‘tkazishdi va Komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Barcha shartlar yakuniga ko‘ra, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominasiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Yakkasaroy tuman IIO FMBdan katta leytenant H. Usmonov, 2-o‘rinni Shayxontohur tuman IIOFMBdan leytenant B. Raxmonov va 3-o‘rinni Yunusobod tumani IIOFMBdan podpolkovnik F. Xoliqulov, “Eng yaxshi tezkor xodim” nominasiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni IIBB TQKBdan katta leytenant M. Chuliev, 2-o‘rinni Chilonzor tuman IIO FMBdan katta leytenant B. Tashpulatov, 3-o‘rinni JQBdan kapitan Bekchan-Zarif Raximbek egalladi.

Saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan tegishli darajadagi diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi hamda tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llamani qo‘lga kiritishdi.


Barcha yangiliklar

Text to speech