1 Aprel 2024 Yil 1136

Toshkent shahar IIBB yosh xodimlari uchun muzeyga sayohat uyushtirildi

Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yaxshilash, shuningdek ularda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida teatrga sayohat, muzeylarga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.

Jumladan, yaqinda Toshkent shahar IIBB bir guruh yosh xodimlari“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Ular majmuaning bunyod etilishi tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining noyob ko‘rgazmasi bilan tanishib, milliy tiklanish harakati – jadidchilik, totalitar tuzum davrida olib borilgan siyosat, davlat va jamoat arboblari haqida ko‘p bilimlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar, shuningdek, mustaqillik yillarida tarixiy adolatni tiklash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar bilan tanishishdi.

Navbatdagi “maʼnaviyat marshruti” “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi bo‘ldi. Ular ushbu maʼnaviyat maskanida Amir Temur va uning avlodlari hukmronlik qilgan davrga oid turli obidalar, tarixiy qo‘lyozmalar hamda boshqa yodgorliklar bilan tanishtirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech