26 Mart 2024 Yil 911

Toshkent shahar IIBB terma jamoasi yengil atletika bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini muntazam ravishda oshirib borilishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, yaqinda Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan Yakkasaroy tumani sport majmuasida sportning “Yengil atletika” turi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada jamoalar 100 metr, 200 metr, 400 metr, 800 metr, 1000 metr hamda 3000 metr masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni Toshkent shahar IIBB terma jamoasi, 2-o‘rinni Toshkent shahar FVV boshqarmasi terma jamoasi va 3-o‘rinni Toshkent shahar Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi terma jamoasi egalladi. Musobaqa g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech