Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim”, “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Tanlovda yoshi, jinsi, lavozimi va unvonidan qat’iy nazar huquqbuzarlik profilaktikasi, tergov-surishtiruv, tezkor qidiruv sohalarida kamida bir yil xizmat qilgan, hududiy ichki ishlar organlari boshlig‘i lavozimida kamida ikki yil amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yil 1-avgustdan 20-avgustga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda belgilangan miqdorda pul mukofoti
(1-o‘rin uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravari; 2-o‘rin uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari; 3-o‘rin uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida) bilan taqdirlanadi.
Gʻoliblarga Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.