12 Mart 2024 Yil 750

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i 3-sektor faoliyatini o‘rgandi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga biriktirildi.

Toshkent shahridagi 3-sektorda istiqomat qiluvchi yoshlarga Toshkent shahar IIBB va hududiy IIO FMB rahbariyati masʼul etib biriktirilgan.

Poytaxt IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sektor faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida hududda istiqomat qiluvchi yoshlarni xatlovdan o‘tkazish, ular bilan ishlash mexanizmi masʼullar ishtirokida muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Xususan, har bir yoshni bandligini taʼminlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, taʼlim olishi va ish bilan taʼminlanishi uchun tumanda barcha sharoitlar yaratilishi lozimligi alohida taʼkidlandi. Yoshlar bilan ishlashda mahalla yettiligi, Yoshlar ishlari agentligi, "Ishga marhamat" monomarkazi va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish lozimligi tushuntirildi.

Bu kabi o‘rganishlar barcha tumanlarda davom etmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech