7 Mart 2024 Yil 846

Toshkent shahar IIBB ayol voleybolchilari g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etishdi!

Ichki ishlar organlari tizimida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda muntazam ravishda turli sport musobaqalari o‘tkazib boriladi. 8 mart bayrami arafasida Respublika IIV tizimidagi bo‘linmalarning ayol xodimlaridan iborat jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahar IIBB, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari vakillaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar Qizg‘in, g‘alaba uchun murosasiz kurash ruhida o‘tdi. Voleybolchilar ajoyib texnika, reaksiya tezligi va chaqqonliklarini namoyish etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB ayol voleybolchilari faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar kubok, diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech