Toshkent shahar ichki ishlar organlarida mavjud rahbarlar tarkibidagi lavozimlarga bilimli, tajribali va kasbiy malakaga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari bo‘yicha kadrlar zahirasini yaratish maqsadida tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan xodimlar joriy yilning 5-15 sentyabr kunlari davomida telefon raqami, xizmat guvoxnomasi va pasportini quyidagi t.me/rahbarlikka_tanlov telegram havolasi orqali yuklashi tavsiya etiladi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, xodimlar 30 yosh va undan katta bo‘lishi, ichki ishlar organlarida 5 yil va undan ortiq muddat davomida xizmat qilayotgan ofitserlar tarkibidagi xodimlar bo‘lishi talab etiladi.