6 Mart 2025 Yil 529

Ishchi guruhining sarhisobiga nazar

Poytaxtimiz hududidagi mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar uzluksiz ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Shu yilning yanvar oyida yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi yuzasidan poytaxtimizning Uchtepa tumani rahbariyati tomonidan ishchi guruhi shtabi tashkil etilgan. Mazkur shtab ish faoliyatini unumli olib borishi uchun zaruriy texnika va boshqa anjomlar bilan ta’minlangan. Tumanda joylashgan 60 ta mahalladagi yettilik hamkorligida yo‘l xaritalari, o‘zaro vazifalar taqsimoti tuzilib ishchi guruhga taqdim etilgan. Mahallalarning 4 tasi yoki 6,6 foizi “qizil”, 41 tasi yoki 68,4 foizi “sariq” va 15 tasi yoki 25 foizi “yashil” toifa maqomida. Shu davrgacha kriminogen vaziyati og‘ir hisoblangan 45 ta mahalla to‘liq o‘rganilib mahalla yettiligi bilan o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Hududda joylashgan “O‘rikzor” savdo majmuasida, “Farhod” dehqon bozorida o‘rnatilgan videokameralar Toshkent shahar IIBB raqamlashtirish markaziga integratsiya qilindi. 46 ta savdo va maishiy savdo obyektlari texnik qo‘riqlovga olinib, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga 45 ta "tashvish" tugmalari o‘rnatilgan, 102 tasi texnik qo‘riqlovga olingan. Bu xizmatga ehtiyojni o‘rganish maqsadida Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” xizmati tomonidan 587 ta obyektlarning holati xatlov qilindi. Shu bilan birga qaror ijrosi doirasida 231 ta xonadonlarda ham xatlovlar o‘tkazildi. 3-sektordagi “O‘rikzor” mahallasida profilaktik hisobda turgan 68 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, uzoq muddatga uyidan chiqib ketgan 151 nafar fuqarolar bilan onlayn tarzda, uyiga qaytgan 215 nafar fuqarolar bilan bevosita suhbatlar olib borildi.
Tuman IIO FMB rahbariyati tomonidan qaror ijrosiga yondashuv borasida hududiy huquq-tartibot idoralari mas’ullari huzurida 16 marta muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Mahalla yettiligining ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida oltmishdan ortiq o‘quv seminarlari o‘tkazilib, 110 ta xulosalar ijroga olindi. Mahalla aholisining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan: xotin-qizlar, tarbiyasi og‘ir yoshlar, probatsiya hisobida turgan shaxslarni qamragan holda uch yuzga yaqin targ‘ibot ishlari olib borildi. Maktablarda o‘tkazilgan mingdan ortiq “Davomat”, “O‘quvchi”, “O‘smir” tadbiri davomida 73 nafar uzoq muddatga ketgan, 240 nafar muntazam dars qoldirayotgan, 33 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, 58 nafar boquvchisini yo‘qotgan, 93 nafar tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar aniqlangan, 161 nafar o‘quvchi maktabga qaytarildi. Shuningdek, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda shakllantirilgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning 270 nafarining ro‘yxati shakllantirildi hamda ikki yuzdan ortiq xotin-qizlarning murojaatlariga yechim topildi. O‘rganishlar jarayonida ayollarning salomatligi bilan bog‘liq 260 ga yaqin masalalar ijobiy hal etildi. Ishsiz ammo ishlash istagini bildirgan 150 nafarga yaqin shaxslar ijtimoiy ko‘mak reyestriga kiritilgan bo‘lsa, yuzga yaqin shaxslar bandligini ta’minlashning amaliy choralari ko‘rildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga moyil, muqaddam sudlangan va ma’muriy nazoratda bo‘lgan 20 dan ortiq fuqarolarning yurish-turishi, xulq-atvorlari o‘rganilib, ogohlantirish borasida suhbatlar olib borilish bilan birga 5 nafari kasbga yo‘naltirildi, 13 nafarining bandligi ta’minlandi, 3 nafariga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Mahalla hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish maqsadida, 30 dan ortig‘i mahalla ahli o‘rtasida keng muhokama tashkil etildi. Ta’kidlash lozimki, bu boradagi ishlar davriy bo‘lmay, muntazam ravishda poytaxtning boshqa tumanlarida ham uzluksiz davom ettirilib, qarorda ko‘rsatilgan bandlar ijrosi o‘z ijobiy samarasini berib, shahrimiz tinch va osoyishta go‘shaga aylanadi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: