19 Avgust 2025 Yil 772

Ish quroling soz bo‘lsa...

Yurtimiz shiddat bilan rivojlangan davlatlar sirasidan joy olmoqda. Respublikamizdagi barcha sohalarda xususan, ichki ishlar organlarida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bu odimlarga yanada jo‘shqinlik bag‘ishlamoqda. Jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ularni barvaqt aniqlash orqali oldini olish muhim ahamiyat kasb etyapti. Shu bilan birga, ichki ishlar organlari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, yana bir tomoni xodimlarning o‘z vazifalariga vijdonan va sidqidildan yondashishi, berilgan topshiriqlarni bekamu-ko‘st bajarishlari, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha zaruriy va yetarli shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganidir.Zotan, ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur, degan naql bejizga aytilmagan. Ta’kidlash joiz, bu borada ham qator e’tirofga loyiq ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha poytaxt ko‘chalarida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash qatorida xizmatdagi xodimlarning bevosita xavfsiz xizmatlarini tashkillashtirish maqsadida yangi rusumdagi, talab darajasida jihozlangan 100 ta “Cobalt” avtomashinalari xizmatga safarbar etildi. Bu avtotransportlar poytaxt ko‘chalarida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga katta hissa qo‘shishi tayin. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan samarali xizmat olib borilishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ajratilayotgan kuch-vositalar har bir xodimning xizmatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib, halol va sidqidildan xizmat olib borishga ruhlantirishi tabiiy. Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasida tashkil etilgan tantanali tadbirda so‘zga chiqqan bosh boshqarma boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev har bir xodim o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi va sidqidildan xizmat qilishi lozimligini alohida ta’kidladi. Avtomashinalar kalitlari tantanali ravishda topshirilgach, xodimlar xizmatga kirishdilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech