Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni “27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Toshkent shahar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi hamda shaxsan o‘z nomimdan chin qalbdan tabriklayman.
Bugungi kunda jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni rivojlantirish, davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini o‘rganish va hal qilish borasida Sizlarni o‘rningiz tobora ortib bormoqda.
Axborot sohasini erkinlashtirish va rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonidagi ustuvor vazifalardan biridir. Demokratik matbuotning asosiy sharti va talabi bo‘lgan xolislik, haqqoniylik, milliy manffatlarimizga sodiqlik kabi prinsiplarga amal qilish siz uchun dasturul amaldir. Siz o‘z bilim va salohiyatingiz, o‘tkir qalamingiz bilan jamoatchilikka ijtimoiy jarayonlar mohiyatini anglab yetishga ko‘maklashadigan, ularni buzg‘unchi axborot xurujlaridan himoya qiladigan maʼsuliyatli faoliyat olib borasiz. Kasbingiz davomida el-yurt osoyishtaligi, xalqimiz tinchligi va fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishda faol ishtirok etib kelmoqdasiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lidagi sharafli va masʼuliyatli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik R.I.Sultanxodjayev