Yashnobod tumani IIOFMB tashabbusiga ko‘ra Yangi yil bayrami munosabati bilan «Tirik xotira» deb nomlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbir doirasida Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov, general-mayor Islom Sattarovning rafiqasi Zoya Sattarova, Mirzoanvar Haydarovning turmush o‘rtog‘i Naimaxon Haydarova va Vahobjon Usmonovning oila a’zolari holidan xabar olindi va ular bayram bilan tabriklandi.
Xalqimizning jasoratli farzandlarining yurti uchun amalga oshirgan ishlari va odamiylik jihatlari hozirgi avlodning ma’nan yetuk va barkamol voyaga yetishida o‘rni beqiyos. Shunday ekan, bu kabi yurt o‘g‘lonlarining nomini abadiylashtirish va ularning oila a’zolarini e’zozlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z muxbirimiz.
Suratda: Mirzoanvar Haydarovning turmush o‘rtog‘i Naimaxon Haydarova.