13 Iyun 2025 Yil 427

Xodimlar jahon operasi durdonasini tomosha qildilar

Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yuksaltirish, ularni milliy va jahon san’ati namunalaridan bahramand etish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrga tashrif uyushtirildi.

Mazkur tashrif doirasida xodimlar jahon bastakorlik san’atining yorqin namoyandalaridan biri, mashhur italyan kompozitori Juzeppe Verdining “Traviata” nomli operasini tomosha qildilar.

Ushbu opera san’at ixlosmandlari uchun chinakam badiiy hodisadan bahramand boʼlib, unda klassik musiqaning sehrli ohanglari, mahoratli ijrochilarning badiiy chiqishlari va teatr muhitining betakror go‘zalligi uyg‘unlashdi. Tadbir ishtirokchilari spektakl mobaynida chuqur estetik zavq oldilar va opera san’atining nozik jihatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tashrif yakunida xodimlar ushbu madaniy tadbirni yuqori baholab, bunday tashabbuslarning xodimlar ma’naviy dunyosini boyitish, jamoada sog‘lom muhit yaratish va yuksak madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech