8 May 2024 Yil 2182

Xodimlar tungi xizmatga shay

 Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari poytaxtimiz xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida tunu kun xizmat olib bormoqda.


Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarning shayligini tekshirish, ular bilan xizmat oldi yo‘riqnomasini o‘tkazish maqsadida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi oldida yig‘ilish o‘tkazildi.


 Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligida o‘tkazilgan yo‘riqnomada prokuratura masʼullari ham ishtirok etdi.


Yo‘riqnomada general-mayor A.Tashpulatov so‘zga chiqib, xodimlar xizmatni hushyorlik bilan olib borishi, har qanday shubhali shaxslar va buyumlarga eʼtiborli bo‘lishi, aniqlangan huquqbuzarlik va jinoyatlar bo‘yicha zudlik bilan qonuniy chora ko‘rishi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek so‘zga chiqqan Bosh boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi Murodjon Karimov ichki ishlar xodimlari xalq xizmatchisi ekanligini, qonunlarga qatʼiy rioya qilishi va boshqa fuqarolarga namuna bo‘lishi lozimligini alohida taʼkidladi.     


Yo‘riqnomadan so‘ng barcha xodimlar xizmatni o‘tash uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishga jalb etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech