XIZMATGA QABUL QILISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINADI
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qarorlari talablari asosida Patrul-post xizmati safdorlik lavozimlariga (faqat ayollar) tanlov e’lon qiladi. (tanlov raqami ID-442)
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar: - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi; - Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; - Bo‘yi 175 sm va undan yuqori bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 2026 yilning 31 mart kuniga qadar kb.iiv.uz sayti orqali ro‘yhatdan o‘tishlari talab etiladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar hamda shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni kb.iiv.uz sayt orqali tanishib olishingiz mumkin.